Shvetsiya

Shvetsiya bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinborasi Davron Taxirovich Sultanov boshchiligidagi vazirlik mas’ullari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari prorektori Shuhrat Boymuradovdan iborat delegatsiya 2024 yil 22-27 aprel kunlari Shvetsiyaning Stokgolm va Gyoteborg shaharlarida sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kuni Stokgolm shahridagi Karolinska Institutet universiteti rektori Annika Ostman Wernerson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, talabalar mobilligi, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy nashrlar chop etish, (PhD) va magistrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Ma’lumot uchun, Karolinska Institutet universitetida Alfred Nobel faoliyat yuritgan. Butun dunyoga mashhur Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha komissiyaning 50 dan ortiq a’zolari ushbu universitet professorilari hisoblanib, butun dunyodagi ilmiy ishlarga baho berishda ishtirok etadi. Shuningdek, delegatsiya vakillarining Shvetsiyaning bir qancha yetakchi universitet, klinika va kompaniyalari bilan uchrashuvlari belgilangan, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun bizni kuzatib boring.