ROEN Clinic

Koreya mutaxassislari ishtirokida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya kafedrasi 2024-yil 16-17-sentyabr kunlari “ROEN Clinic” (Koreya) akusherlik va ginekologiya yo‘nalishi bo‘yicha bir guruh mutaxassislari ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil etdi. Anjumanning birinchi kuni хorijiy mutahassislar va kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ginekologiyaning dolzarb muammolariga Read more

Times Higher Education

2024-yilning 19-sentabr kuni dunyoning nufuzli universitetlar reytingi kompaniyasi Times Higher Education tomonidan tashkil etilayotgan «THE University Impact Forum: Health & Well-being 2024» xalqaro forumida Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkor sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan

Xalqaro Forumda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan ilk marotaba «Speaker» sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektori Professor Shuhrat Boymuradov ishtirok etadi. Unda Birlashgan millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish dasturlari, jumladan «SDG 3 health and well-being» sog’liqni saqlash va farovonlikni ta’minlash, Read more

Shvetsiya-O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.

Shvetsiya-O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.

Tashrifning uchinchi kuni, Stokgolm shahridagi mashhur «Getinge» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrash bo‘lib o‘tdi. «Getinge» kompaniyasi “COVID-19” paytida butun dunyoga sipan va nafas olish apparatlari va narkoz apparatlarini yetkazib berishda yetakchilik qilgani barchaga ma’lum. Bugungi kunda ham mazkur yirik kompaniya innovatsion Read more

Shvetsiya-O‘zbekiston

Shvetsiya-O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlamoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Shvetsiya mamlakati bo‘lib turibdi. Tashrif davomida dunyoga mashhur “ELЕKTA” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Elekta” kompaniyasi dunyoga mashhur “GAMMA pichoqlari”ni ishlab chiqarib bu tibbiyotdagi xirurgik amaliyotida organizmning chuqur qismida joylashgan Read more

Shvetsiya

Shvetsiya bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinborasi Davron Taxirovich Sultanov boshchiligidagi vazirlik mas’ullari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari prorektori Shuhrat Boymuradovdan iborat delegatsiya 2024 yil 22-27 aprel kunlari Shvetsiyaning Stokgolm va Gyoteborg shaharlarida sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kuni Stokgolm shahridagi Karolinska Institutet universiteti rektori Annika Ostman Wernerson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, talabalar mobilligi, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy nashrlar chop etish, (PhD) va magistrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Ma’lumot uchun, Karolinska Institutet universitetida Alfred Nobel faoliyat yuritgan. Butun dunyoga mashhur Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha komissiyaning 50 dan ortiq a’zolari ushbu universitet professorilari hisoblanib, butun dunyodagi ilmiy ishlarga baho berishda ishtirok etadi. Shuningdek, delegatsiya vakillarining Shvetsiyaning bir qancha yetakchi universitet, klinika va kompaniyalari bilan uchrashuvlari belgilangan, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun bizni kuzatib boring.

Rossiyaning I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G'arbiy davlat tibbiyot universiteti

Rossiyaning I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G’arbiy davlat tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro aloqalar doirasida Rossiyaning I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G’arbiy davlat tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv mobaynida fan va taʼlim yo‘nalishidagi innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikrlar almashildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun qoʻshma dasturlar, talabalar Read more

Belarus hamkorlik

Toshkent tibbiyot akademiyasining hamkorligi kengaymoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Belarus davlat tibbiyot universiteti, Vitebsk davlat tibbiyot universiteti va Gomel davlat tibbiyot universitetlari bilan bakalavrat va klinik ordinatura ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi. Toshkent tibbiyot akademiyasining hamkorligi kengaymoqda

Janubiy Koreyaning Pusan Milliy universitet

Janubiy Koreyaning Pusan Milliy universiteti Yongsan gospitalidan tashrif buyurgan etakchi olimlar ishtirokidagi xalqaro anjuman

«Agar meni  o‘g‘lim chet eldagi  tibbiyot oliygohida tahsil olishni reja qilsa, men unga  ikkilanmay Toshkent tibbiyot akademiyasini tavsiya  etaman» Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘tib borayotgan haftada  Janubiy Koreyaning Pusan Milliy universiteti Yongsan gospitalidan tashrif buyurgan etakchi olimlar ishtirokidagi xalqaro anjuman nufuzli Read more

GRЕTSIYA SAFARI

GRЕTSIYA SAFARI: Xalqaro hamkorlik ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida

Ayni damda O‘zbekistondagi qator Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari ishtirokida va Toshkent tibbiyot akademiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi mudiri Bazarbayev Muratali Irisaliyevich boshchiligida Gretsiya davlatida ilmiy safarda bo‘lib turishibdi. Gretsiyaning G‘arbiy Makedoniya universitetida ERASMUS I2-PLEDGE «O‘zbekiston talabalarini ish Read more