“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik” nomli Mustaqillik darsi

Mustaqillik darsi

2021 yilning 6 sentyabrь kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasining RIEMYuPKIАTMda joylashgan bazasidagi katta majlislar zalida oʼquv jarayoni “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi.

Mustaqillik darsi

“Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik” nomli mustaqillik darsini oʼtkazish uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy–maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʼlim boshligʼi, siyosiy fanlar boʼyicha falsafa doktori Musaev Mansur Tursunpoʼlatovich taklif etildi.

Mustaqillik darsi

“Mustaqillik darsi”ni kafedra professori M.D. Аxmedova kirish soʼzi bilan ochib berdi. Shundan soʼng Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy–maʼnaviy tadqiqotlar instituti boʼlim boshligʼi Musaev Mansur Tursunpoʼlatovich «Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan gʼoyani oʼzida mujassam etgan maʼruzani tadbir qatnashchilariga taqdim etdi. Maʼruza davomida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan taqdim etilgan videoroliklar namoyish etildi. “Mustaqillik darsi” qizgʼin savol-javoblar bilan oʼtdi.

Mustaqillik darsi

“Mustaqillik darsi” Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasining barcha professor-oʼqituvchilari, 1-son davolash fakulьtetining 503-504-guruh talabalari, 2-son davolash fakulьtetining 601-602 va 608-guruh talabalari, shuningdek kafedrada taxsil olayotgan magistr talabalar qatnashdilar.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan