Yuksak marralarni zabt etayotgan talabamizning yangi yutuqlari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021-yil 30-iyun kuni Talabalar va yoshlar forumida bergan takliflariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali qoshida “Kelajak liderlari” klubi tashkil etildi. Ushbu klub faol va tashabbuskor yoshlarni davlar fuqarolik xizmatiga qiziqtirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tashkiliy choralarni amalga oshirish, istiqbolli kadrlar seleksiyasi orqali joylarda yuqori malakali davlat fuqarolik xizmatchilari qatlami hamda yangi avlod kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Ushbu klubga hujjat topshirgan ko‘plab 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasidan 40 nafar a’zolik uchun saralab olingan yoshlar orasida Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash fakulteti 5-kurs talabasi Sobirov Akbar Begaliyevich ham borligi akademiyamizning katta yutug‘i va faxri bo‘lib xizmat qildi.

28-avgust kuni Nurafshon shahrida Klub ochilish marosimida mutasaddi tashkilot vakillari, Toshkent viloyati hokimi D.Xidoyatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Xasanov ishtirok etib, klub a’zoligiga nomzod sifatida qabul qilingan yoshlarga a’zolik ko‘krak nishoni va sertifikatini topshirdilar.
Akbar Sobirov yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk kadr bo‘lib yetishishiga ishonch bildiramiz va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan