DIQQAT E’LON !!!

2021 yil 22-23 dekabr kunlari  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “2021 YILDA O‘TKAZILGAN XXXII YOZGI OLIMPIYA VA XVI PARALIMPIYA O‘YINLARI NATIJALARI TAHLILI HAMDA KEYINGI OLIMPIADA O‘YINLARIGA TAYYORGARLIK MASALALARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman o‘tkaziladi.

Anjumanning bosh maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash muamolari va istiqbollari bo‘yicha xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashish hisoblandi.

ANJUMAN SHU’BALARI:

  1. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga zamonaviy sport tayyorgarligining dolzarb muammolari
  2. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik muammolari
  3. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning tibbiy-biologik muammolari
  4. Olimpiya va paralimpiya zaxiralarini rivojlantirish muammolari va istiqbollari

Anjuman tillari: uzbek, rus va ingliz.

Anjumanda ishtirok etish uchun yuqoridagi muammoga qiziqqan, jismoniy tarbiya va sport tizimida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor- o‘qituvchilar, murabbiylar, mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari taklif etiladi.

Anjumanda ishtirok etish talablari haqida quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan