Reja moliya bo‘limi

G‘oipov Ozod Ulashevich

Bo‘lim boshlig‘i

Tel: +998 (78) 150-78-15

Е-mail:


 

Ilyasova Ruxsora Ilxamovna

Yetakchi iqtisodchi

Tel: +998(78) 150-78-15

Е-mail: rilysova@mail.ru

 

 


Asrorov Farxod Riskidinovich

1-toifali mutaxasis

Tel: +998(78) 150-78-20

 

 


Bo‘lim faoliyati haqida

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA)ning tarkibiy  bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘limning majburiyatlariga joriy va perespektiv planlarni ishlab chiqish, TTA bo‘limlarni prognozi va saqlab turish turish harajatlarini ishlab chiqish, turli manbalardan (davlat budjeti, kontrakt-to‘lov maxsus mablag‘lar, ilmiy-izlanish faoliyatidan va boshqa manbalardan) TTAning moliyaviy ehtiyojini aniqlash va amaliyotga tadbiq qilish.

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi budjet, to‘lov-kontrakt, maxsus mablag‘lar, rivojlantirish fondi va grand bo‘yicha sarf-harajat smetasini tuzadi va ishini tashkil etadi. Smeta bo‘yicha har bir yo‘nalishdagi joriy yil uchun talab qilinadigan ehtiyojlar ro‘yxatini tuzib chiqish va bo‘limlar va kafedralar bilan smeta harajatlari miqdorni budjet va nobyudjet mablag‘lar limitidan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Bo‘lim shuningdek TTAning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish va istiqbolli loyihalarni tatbiq etadi.

Bo‘limning asosiy funksiyalari:

  • Shtat jadvalini tuzish va nazorat olib borish;
  • Smeta sarf-harajatlari prognozini ishlab chiqish hamda nazorat olib borish;
  • TTAning barcha turdagi faoliyati ustidan majmuaviy iqtisod tahlilini olib borish;
  • TTAning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik hisob-kitobini olib boradi va o‘rnatilgan muddatlarda joriy hisobotlarni tayyorlab boradi;
  • Yangi o‘quv yili uchun hamda ish xaqi va stipendiyadar oshirilganda  professor-o‘qituvchi, maʼmuriy-xo‘jalik, o‘quv yordamchi xodimlar tarifikatsion ro‘yxatini tuzish;
  • Meʼyoriy baza o‘zgarshini hisobga olib shtat jadvalini korrektirovaka qilish;
  • Moliya manbasini hisobini olib borish.
  • Budjet va nobyudjetdan mablag‘laridan moliyalashtiriluvchi smeta sarf-harajatlarini tuzish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining tasdig‘idan o‘tgan limit asosida smeta sarf-harajatlarini korrektirovka qilish;
  • Hisobxona maʼlumotlari asosida smeta mablag‘larining sarflanishini tahlil qilib borish;
  • Professor-o‘qituvchi, maʼmuriy-xo‘jalik hamda o‘quv yordamchi xodimlarni mehnat shartnomalariga oylik maoshlarini o‘rnatish;
  • Har oyda TTA bo‘limlaridan, kafedralaridan kelgan tabellarni tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan tekshirish.

Translate: Eng Рус