Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Trakulov Rustam Ismatullayevich

Turaqulov Rustam Ismatullayevich

Bo‘limi boshlig‘i

Tel: +998(97) 330-34-97

E-mail: nazorat@tma.uz Rustam_434@mail.ru


Toshkent tibbiyot akademiyasi tarkibidagi Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Toshkent tibbiyot akademiyasi tarkibiga kiradi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda TTA rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek Bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda TTA rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan taʼminlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
  • TTAda taʼlim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini o‘rganish;
  • TTA talabalari bilim va ko‘nikmalarining DTSga muvofiqligini o‘rganish va tahlil qilish;taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash;kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
  • TTAda ichki attestatsiyadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash, maʼlumotlarni TTA rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;attestatsiya, taʼlim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda TTAda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
  • TTAning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha TTA rahbariyatiga takliflar kiritish;taʼlim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
  • TTA professor-o‘qituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish va xulosalarni TTA rektoriga maʼlum qilish;
  • TTAning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
  • TTAda talabalar amaliyotining taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
  • TTAdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar isteʼmolchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
  • Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan TTA reytingini aniqlashga va baholashga oid maʼlumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va taʼlim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
  • Talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
  • TTA reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;
  • bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va TTA hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish;
  • TTA tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;
  • TTAda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
  • O‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
  • TTA Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan taʼlim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida maʼlumotlar va takliflar berib borish;

 

BARCHA MUROJAATLARINGIZNI QUYIDAGI POCHTA MANZILI ORQALI YUBORISHINGIZ MUMKIN:

 nazorat@tma.uz


Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari 2018 yil 01.04-10.04 kunlari  Janubiy Koreyada o‘z malakalarini oshirib keldilar.

 

Translate: Eng Рус