Ayni paytda Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyatining taklifiga binoan CDC (AQSh) ning Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi direktori, doktor Daniel Singerning «Koronavirusga qarshi emlash. Vaksinalar turlari» mavzusida ma’ruzasi bo’lib o’tmoqda…

Ayni paytda Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyatining taklifiga binoan CDC (AQSh) ning Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi direktori, doktor Daniel Singerning «Koronavirusga qarshi emlash. Vaksinalar turlari» mavzusida ma’ruzasi bo’lib o’tmoqda.
Ushbu ma’ruza davomida doktor D. Singer koronavirusga qarshi emlashni tashkil qilishning zamonaviy usullari bilan tanishtiradi. Tadbirda TTA professor-o’qituvchilari jamoasi, O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining tibbiyot muassasalari shifokorlari ishtirok etishmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan