DIQQAT E’LON

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim” respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etilganligining 25 yilligi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan “2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi doirasida inson huquqlari va tadqiqotchiligini rag‘batlantirish orqali mamlakatda aholining huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan:

  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi infografika;
  • Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;

– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;

  • Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola.

Tanlovning tashkilotchisi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi;

Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlar:

– Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalar koordinatori,

– O‘zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti idoralari,

– Xalqaro migratsiya tashkiloti hisoblanadi.

Tanlovda nominatsiyalar bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida barcha jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Nominatsiyalar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘oliblari hisoblanadi.

Sovrinlar soni: har bir nominatsiyada 1 ta birinchi o‘rin, 1 ta ikkinchi o‘rin, 1 ta uchinchi o‘rin bo‘lishi mumkin.

Tanlov hay’ati tanlovning barcha nominatsiyalar bo‘yicha natijalarini umumlashtiradi, har bir ishtirokchi tomonidan to‘plangan ballar sonini ko‘rsatgan holda nominatsiyalar bo‘yicha protokollarni tasdiqlaydi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini barcha toifalar bo‘yicha taqdirlash 2021 yil dekabr oyida “Xalqaro inson huquqlari kuni”ni nishonlash doirasida o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilinadi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan materiallarni 2021-yil 1-dekabr kuniga qadar konkurs2021@nhrc.uz elektron manziliga yuborilishini ta’minlash so‘raladi.

«Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim » mavzusidagi respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi NIZOMI

«Raqamli avlod. COVID-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo‘yicha ta’lim» TANLOVIDA IShTIROK ETISh UChUN ARIZA

DASTUR

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan