Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari yana g‘olib

Joriy yilning 18-noyabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimiyati tomonidan  “Yangi O’zbekiston yoshlari ” shiori ostida «Yoshlar oyligi»ga bag‘ishlab sportning shaxmat, shashka, futbol, voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha  musoboqalar tashkil etildi. Mazkur musobaqalarda “Yoshlik” talabalar shaharchasida joylashgan 5 ta oliy o‘quv yurtlari sportchi talabalari ishtirok etishdi. Keskin va murosasiz tarzda o‘tgan mazkur sport musobaqalarida  Toshkent tibbiyot akademiyasi sha’nini munosib himoya qilgan      2-sonli davolash fakultetining 1 kurs talabasi Boltayev Sardor Siroj o‘g‘li shaxmat bo‘yicha, 1-sonli davolash fakultetining 3 kurs 306 guruh talabasi Islomova Nafisa Allayor qizi esa sportning shashka yo‘nalishi bo‘yicha  faxrli 1- o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Musoboqa g‘oliblari Olmazor tumani “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi mas’ullari  tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan