Jaholatga qarshi ma’rifat

      Toshkent tibbiyot akademiyasida Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, 1 va 2 – Davolash fakulteti dekanlari, dekan o’rinbosarlari hamda shu fakultet talabalari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

         Mazkur tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor  T.A.Bobomuratov,  Toshkent Davlat Yuridik universiteti professori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat targ’ibot markazi eksperti F.Muxiddinova, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi J.V.Meliqo’ziev va O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori  N.A.Muxamedovlar ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan so’zga chiqgan soha mutaxassislari  “Jaholatga qarshi-ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati haqida  batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir davomida, yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni yoshlar qalbiga doimiy singdirib borish zarurligini ta’kidlashdi. Shu bilan birgalikda notiqlar o’z chiqishlarida  bugungi axborot asrida, globallashuv jarayonida turli yot oqimlar, xususan diniy aqidaparastlarning zararlaridan saqlanish, yoshlarda turli oqimlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda vatanparvarlik, millatparvarlikka qaratilgan ezgu yo’nalishlar, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do’stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o’tishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan