«Yangi O’zbekiston», «Inson qadri» uchun tamoyillari asosida maktabga tashrif uyushtirildi

⚡️16.12.2021⚡️
Respublikamizda o’tkazilayotgan jadal islohotlar hamda Prezidentimizning yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi keng ko’lamli yangilanishlar, «Yangi O’zbekiston», «Inson qadri» uchun tamoyillari yuzasidan Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 278-maktabiga Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini N.X.Abdurahmonova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori D.T.Norqulov, kafedra dosentlari Sh.Iskandarov, N.Sh.Niyozovalar tashrif buyurishdi.
?Tashrif davomida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga, TTA o’qituvchi – professorlari tomonidan javob berildi va o’zaro muhokamalar bo’lib o’tdi. O’quvchilarni bugungi imkoniyatlardan foydalanib, Yangi O’zbekistonga munosib avlod bo’lishga, hamisha o’qib izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan