Diqqat tanlov natijalari!!!!

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida 13 ta yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn tanlovlar e’lon qilingan edi. Tanlovlarda talabalar 400 ga yaqin ijodiy ishlar bilan ishtirok etdilar.  Bugun 29 yanvar kuni “Eng zo‘r kompyuter dasturchisi” tanlovlariga kelib tushgan dasturiy ta’minot ishlari biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi. Tanlov jarayonlari qizg‘in baxs munozaralarga boy bo‘ldi.

Tanlov natijalariga ko‘ra :

 

1-o‘rin – 2-son davolash fakulteti 4 kurs talabasi

Shamsiy Shahzod Jabbor o‘g‘liga 1 000 000 so‘m;

(Rux yetishmovchiligi tashxisi – mobil ilovasi uchun)

 

 

 

2-o‘rin – 2-son davolash fakulteti 2 kurs talabasi

Farxodov Muzaffar  Nodir o‘g‘liga 700 000 so‘m;

(Koronavirus (COVID-19) haqida ma’lumot- web dasturi uchun)

 

 

 

 

3- o‘rin -1- son davolash fakulteti 4 kurs talabasi

Boboyev Jaxongir Mirsodiq o‘g‘liga  500 000 so‘m miqdorda

pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

(TIBBIYOT YO’NALISHIDAGI TALABALARINI O’QITISHDA TA‘LIM SIFATINI OSHIRISH UCHUN AXBOROT TEXNOLOGIYLARI YORDAMIDA INTELEKTUAL O’YINLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI nomli mantiq dasturi uchun)

 

 

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan