Toshkent tibbiyot akademiyasida zakovat intellektual o’yinlari onlayn shaklda o’tkazildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida zakovat intellektual o’yini o’tkazildi

TTA da 19-23 yanvar kunlari onlayn tarzda Zakovat intellektual o’yinlari doirasida turnir o’tkazildi. Ushbu turnirda 45 ta jamoa tarkibida 300 ga yaqin talaba ishtirok etib, o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazdi. Shuningdek, kunlik baxslarda eng past natija ko’rsatgan 5 tadan jamoa turnirni tark etib bordi.

Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o’rinni 1-sonli davolash ishi fakultetining «IMPULS» jamoasi,
2-o’rinni 1-sonli davolash ishi fakultetining «EVEREST» jamoasi,
3-o’rinni Tibbiy pedogogika fakultetining «AVITSENNA» jamoasi qo’lga kiritdi.

G’oliblar akademiyaning diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan