Dmitriy Lvovich Arustamovning 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan konferensiya.

Toshkent shahrida 2022-yil 6-7-may kunlari urologiyaning dolzarb vazifalari hamda ustozimiz Dmitriy Lvovich Arustamovning 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtadi.

Dmitriy Lvovich 1978-2007-yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qilgan. Benazir olim, 250 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta monografiya, 3 ta ilmiy jamlanmalar, 7 ta metodik tavsiyalar, 9 ta ilmiy kashfiyotlar muallifidir. Mazkur ilmiy ishlanmalar asosan inson aʼzolari transplantologiyasi, siydik tosh kasalligi diagnostikasi va uni davolash, uroonkologiya va andrologiya masalariga bagʻishlangan. D.L.Arustamov katta ilmiy maktab yaratdi. Uning rahbarligida 9 nafar tibbiyot fanlari doktori, 45 nafar tibbiyot fanlari nomzodlari yetishib chiqdi. Bundan tashqari, ustoz Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy sovrini laureati hamda “Doʻstlik” ordeni sovriniga sazovor boʻlgan. Shuningdek, kafedraga rahbarlik qilish bilan bir vaqtda u Respublika urologiya markazi direktori, Respublika urologlar ilmiy jamiyatining raisi va “Urologiya va nefrologiyaning aktual masalalari” ilmiy jamlanmasi redaktori lavozimida uzoq yillar faoliyat olib borgan. Ustozga sihat-salomatlik, uzoq umr tilaymiz.

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Urologiya kafedrasi xodimlari.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan