O’zbekiston 7 ta tibbiyot oliy o’quv yurti xalqaro reytingdan o’rni egalladi

TMA at Times Higher Education

Oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan “Times Higher Education” 2022 yil uchun “Impaсt” reytingi (THE Impact Rankings 2022) natijalarini e’lon qildi.

Undan ilk bor mamlakatimizning 30 ta oliy ta’lim muassasasi o’rin egalladi. Yana bir quvonarli jihati, ana shu universitet va institutlarning 7 tasi tibbiyot o’quv yurtlaridir.

Jumladan, xalqaro reytingda Toshkent tibbiyot akademiyasi 52.8, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 49.4, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 48.1, Toshkent davlat stomatologiya instituti 47.8, Toshkent farmasevtika instituti 44.1, Andijon davlat tibbiyot instituti va Buxoro davlat tibbiyot instituti 43.9 ball to’pladi.

Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli reytingda 110 ta davlatdan 1500 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.