Toshkent tibbiyot akademiyasi nufuzli THE Impact Ranking 2022 reytingiga kirdi

? Oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education o‘zining 2022 yil uchun Impact reytingi (THE Impact Rankings 2022) natijalarini e’lon qildi.

Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Respublika oliy o’quv yurtlari ichida 3 o’rin, tibbiyot oliy o’quv yurtlari ichida esa 1 o’rinni egalladi.

Jumladan, xalqaro reytingda Toshkent tibbiyot akademiyasi 52.8, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 49.4, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 48.1, Toshkent davlat stomatologiya instituti 47.8, Toshkent farmasevtika instituti 44.1, Andijon davlat tibbiyot instituti va Buxoro davlat tibbiyot instituti 43.9 ball to’pladi.

Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli reytingda 110 ta davlatdan 1500 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan