Mustaqil izlanuvchilikka online hujjatlar topshirish boshlandi!

MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA ONLINE HUJJATLAR TOPSHIRISH BOSHLANDI

​Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakllaridan biri – mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq, 2022 yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 15 iyulidan 15 avgustiga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tug‘iladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan