Toshkent tibbiyot akademiyasida AQSHda shifokor kasbini egallash bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi.

2022-yil 13-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida Amerika Qo’shma Shtatlari tibbiyot oliygohi Dyukens Universitetining Biotexnologiya magistratura yo’nalishi talabasi, Marjona Mardonova bilan tashkil etildi. Marjona Mardonovaning hayotiy tajribasi haqida hamda u yerdagi tartib-qoidalar, ta’lim tizimi, tibbiyot muassasalari haqida davra suhbatida ma’lumot berildi. Ushbu tadbir ingliz tilida bo’lib o’tdi. Suhbatda ishtirok etganlar hamda onlayn kuzatib borganlar o’zlari qiziqqan savollariga javob olishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan