TTA va Koryo Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Atrof muhit muhofazasining dolzarb muammolari va inson salomatligi» mavzusidagi ilmiy amaliy anjumani

Koryo Universiteti

Hozirgi sivilizatsiya global ekologik muammolar (iqlim o‘zgarishi, ichimlik suvining ifloslanishi va yetishmasligi, ozon qatlamining yemirilishi, o‘rmon va tuproqning inqirozi, bioxilma-xillikning qisqarishi, chiqindilarning utilizatsiyasi muammolari va boshqalar) bilan to‘qnash kelmoqda. Shu bilna birga dunyo jadal sur’atlarda o‘zgarib bormoqda. Shuning uchun kechagi mezonlar bilan ertangi istiqbolni belgilash u yoqda tursin, hatto bugungi hodisalarni ham baholab bo‘lmaydi. Bu kabi muammolar O‘zbekiston uchun ham xosdir.

An’anaga ko‘ra bugungi kunda o‘tkazilayotgannavbatdagi 9-chi ilmiy-amaliy anjuman profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan dunyo miqyosida va Respublikamizda ekologiyaga bog‘liq muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydi.

Ekologik salomatlik masalasi milliylikdan xalqaro miqyosda rivojlanib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (JSST) tomonidan doimiy e’tiborining predmetiga aylandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, aholining salomatlik holati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga 50-60% ga, ekologik muammolarni hal etishga 20-30% ga va faqat sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishiga 15-20% ga bog‘liq. Atrof muhitni ifloslanishi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga turli yo‘llar bilan ta’sir qilib, sog‘liqning muhim tarkibiy qismlari – toza havo, xavfsiz ichimlik suvi, to‘yimli oziq-ovqat va xavfsiz uy-joyga tahdid soladi va global salomatlik sohasidagi o‘nlab yillar davomida erishilgan yutuqlarga putur etkazishi mumkin. Aholi salomatligi va jamiyat farovonligiga xavf solayotgan atmosfera havosining ifloslanishiga qarshi kurash atrof-muhitni muhofaza qilishda alohida o‘rin tutadi.

JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra dunyodagi barcha o‘limlarning 24%, ya’ni xar 4 chi o‘lim atrof muhit ifloslanishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Yiligi 3.2 million nafar inson hona ichi havosini ifloslanishi hisobga va 4.2 million nafar inson havodagi chang hisobiga vafot etmoqda. Bugungi kunda havoning ifloslanishi gipertoniya va ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarni kelib chiqishida xavf omillaridan keyingi o‘rinda turadigan salomatlik uchun eng ahamiyatli global xavf omili hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra «Navoiyazot» AJ kabi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tabiiy resurslar ifloslanmoqda. Aynan shu negativ omillar bugungi kunda aholi salomatligiga salbiy ta’sir etib, ekologiyaga bog‘liq kasalliklarning kelib chiqishiga olib kelmoqda.

Mazkur holatlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish yo‘lida Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorlik asosida ekologik omillarni o‘rganish uchun moddiy texnik bazani yaratish, uni modernizatsiyalash va yetuk malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lida ildam qadam tashlamoqda. Jumladan 2018 yilda tashkil etilgan “TTA-KU hamkorligidagi ilmiy markaz” Oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tarkibiga kiritildi. 2021 yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan markazda yaratilgan sharoitlar gigiyenik va texnik talab darajasida ekanligini tasdiqlagan holda Attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma berildi. Hozirgi kunga qadar akademiya va markaz xodimlari tomonidan TTA va Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikdagi xalqaro grant loyihalari muvaffaqqiyatli amalga oshirildi. Shu bilan birga markazda doktorantlar, tayanch doktorantlar va “Atrof muhit va inson salomatligi” mutaxassisligi magistratura talabalari xam ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan