Joriy yil 14-noyabr kuni https://t.me/Kompromatuzb telegram kanalida Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabalariga stipendiya berilmayotganligi, birovning haqqiga amal qilinmayotganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 20221 yil 26-avgustdagi Oliy ta’lim muassasalarida «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS» axborot tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 372-sonli buyrug‘iga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasida ham boshqa oliy ta’lim muassasalari kabi
2022-yil 5-sentabrdan boshlab bakalavr va magistratura talabalarining kontrakt-to‘lov shartnomalarini https://kontrakt.edu.uz sayti orqali olishi rasmiy manbaalarda e’lon qilinib, shartnomalar elektron tarzda QR kod bilan berila boshlandi.
2022/2023 o‘quv yili boshlanshidan har bir oliy ta’lim muassasi, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘rnatilgan HEMIS dasturi oliy ta’lim jarayonini boshqarish tizimi (https://hemis.tma.uz) hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining UzASBO (https://main.uzasbo.uz) axborot tizimlari bir biriga integratsiya qilindi, barcha talabalarning stipendiyalari HEMIS va UzASBO tizimlari orqali avtomatik ravishda tayinlanishi amaliyoti tatbiq etildi.
Talabalar haqidagi ma’lumotlarni tizimga kiritish va intergatsiya qilish jarayonidagi ayrim texnik muammolar bo‘lganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqich talabalarining stipendiyalari berilishida kechikishlar yuzaga keldi.
Hozirda ushbu kamchiliklarni bartaraf etilib barcha bosqich talabalari uchun stipendiyalar to‘landi. Naqd ko‘rinishidagi stipendiyalar esa Toshkent tibbiyot akademiyasining kassasidan olish imkoniyati yaratib berildi. Ushbu holatlar takrorlanmasligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun
TTA maxsus ishchi guruhi tashkil etilib, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun mas’ul xodimlarimizga murojaat qilishingiz mumkin
(Nurmatova A.X. +99871214-89-57 Muxitdinova D.S. +998781507814).
Albatta har bir talaba biz uchun qadrli, o‘z farzandimizdek, lekin davlat budjeti mablag‘larini sarflashda shoshma-shosharlik va tartibsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buni barchangiz birdek tushunasiz degan umiddamiz!