KELING VATANIMIZGA QANOT BO‘LAYLIK!!!

KELING VATANIMIZGA QANOT BO‘LAYLIK!!!

DIQQAT TANLOV!!!

       Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba-yoshlar o‘rtasida  2023-yil 6-18-yanvar kunlari qishki ta’til davrida talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida   Vatanparvarlik oyligi doirasida «Keling vatanimizga qanot bo‘laylik» shiori ostida quyidagi yo‘nalishlarda onlayn ijodiy ishlar tanlovi tashkil etiladi.

  1.  «Tibbiyotning barhayot siymolari» yo‘nalishi;
  2. «Ustozim – hayotim chirog‘i» yo‘nalishi;
  3. «Oilam – mening hayotim» yo‘nalishi;
  4.  Maxallam mening faxrim;
  5. «Eng yaxshi kompyuter dasturchisi» yo‘nalishi
  6. «Mohir qo‘llar» мilliy xunarmandchilik yo‘nalishi;
  7. «O‘zbekistonda yashashim bilan g‘ururlanaman, Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qishim bilan fahrlanaman.»
  8. Keling vatanimizga qanot bo‘laylik” yo‘nalishi ;

Tanlovda talabalar vatanni madh etuvchi insho, sher, maqola, rasm, audio va  videoroliklar hamda boshqa ijodiy ishlar  bilan ishtirok etishlari mumkin.   Tanlovda har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2, 3  o‘rinni egallagan talaba-yoshlar  taqdirlanadi:

Tanlov uchun ijodiy ishlarni 2023-yil 25-yanvar kuniga qadar fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinining telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi. G‘oliblar fevral oyida «Keling vatanimizga qanot bo‘laylik» mavzusida o‘tkazilishi rejalashtirilgan talabalar anjumanida taqdirlanadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan