Akademiyamizning talabasi «Yil talabasi-2022» Respublika ko’rik tanlovida g’olib deb topildi.

Yil talabasi-2022

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-Davolash ishi fakulteti 2-kurs talabasi Sharapova Shamshoda «Yil talabasi-2022» respublika ko’rik tanlovida «Yilning eng faol iqtidorli talabasi» yo’nalishi bo’yicha faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba yoshlarni iqtidorlarini yanada namoyish qilish, ular orasidan eng saralarini tanlab olish maqsadida «Yil talabasi-2022» ko’rik tanlovi tashkil etilgan edi. Eslatib o’tamiz, ushbu tanlovda Respublikamiz bo’yicha 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishgan.

Yosh iqtidorli talabamizning bundan keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yil talabasi-2022 Yil talabasi-2022

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan