Akademiyamizning talabasi «Yil talabasi-2022» Respublika ko’rik tanlovida g’olib deb topildi.

Yil talabasi-2022

Xushxabar! Akademiyamizning yana bir talabasi «Yil talabasi-2022» Respublika ko’rik tanlovida g’olib deb topildi

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba yoshlarni iqtidorlarini namoyish qilish, ular orasidan eng saralarini tanlab olish maqsadida «Yil talabasi-2022» ko’rik tanlovi tashkil etilgan edi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika fakultetining 6-kurs talabasi G’ulomova Shahloxon «Yil talabasi-2022» Respublika ko’rik tanlovida «BioPropolis» loyihasi bilan ishtirok etib, «Yilning eng faol tadbirkor talabasi» yo’nalishi bo’yicha faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.

Bundan oldin shu loyiha bilan G’ulomova Shahloxon 60 million so’mlik grandni qo’lga kiritgan edi. Yosh iqtidorli talabamizning bundan keyingi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yil talabasi-2022  Yil talabasi-2022

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan