Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida talabalar uchun «REGISTON STIPENDIYASI — 2023» tanlovi o‘tkaziladi.
Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan bakalavr bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 30-aprelga qadar onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
3 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra gʻoliblar «Registon stipendiyasi sohibi» maxsus guvohnomasi, esdalik sovgʻalar, pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
Batafsil maʼlumot: @registon_stipendiya_bot
Ma’lumot o‘rnida, ushbu stipendiya xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.