TTAda Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani bo‘yicha xalqaro hamkorlik asosida olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Olimpiada

2023 yil 15 may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani bo‘yicha xalqaro hamkorlik asosida olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya, Kozog‘iston, Tojikiston kabi malakatlardan 100 nafardan ziyod talabalar ishtirok etishdi. Olimpiada o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi. Hayat a’zolari ham Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlaridan jalb qilindi. Anjuman ishtirokchilarini barcha davlatlar kafedra mudirlari qizg‘in muborakbod etib muvaffaqiyatlar tilashdi.
Olimpiada tashkiliy ishlariga kafedra mudiri Z.A.Nuruzova boshchiligida barcha kafedra xodimlari jalb qilindi. Ushbu intellektual musobaqa xar ishtirokchilar uchun muxim voqeaga aylandi va xar biri o‘zini mahoratini, irodasini munosib ko‘rsatishga harakat qilishdi.
Natijalar shu kunning o‘zidayoq e’lon qilindi. G‘oliblar 1,2,3 darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

Olimpiada

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan