Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar bo‘yicha TANLOV

nomli stipendiyalar

Akademiyaning  BAKALAVRIAT, MAGISTRATURA, KLINIK ORDINATURA VA DOKTORANTURA bosqichi talabalari uchun Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar  bo‘yicha TANLOV boshlanganini e’lon qilamiz!

Hujjatlar 2023-yil 5-maydan  17-mayga qadar 1-ilovada keltirilgan jadval asosida «Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi»da (2 o‘quv bino, 2 qavat) soat 14.00 dan 17.00 gacha qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirishda 2-ilova shaklini  elektron va bosma nusxada taqdim etish kerak.

G‘oliblar Toshkent tibbiyot akademiyasida ta’sis etilgan nomli stipendiyalar va turli nominatsiyalar tanlovini o‘tkazish va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida NIZOM talablariga muvofiq maxsus tanlov komissiyasi xulosasiga ko‘ra aniqlanadi. Nizom bilan batafsil saytida tanishingiz mumkin.

Yangiliklarni TTA Iqtidorli talabalar telegram kanalida kuzatib boring!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan