Hurmatli abituriyentlar! Toshkent tibbiyot akademiyasining “Call center” va Maslahat markaziga 2023/2024 o‘quv yili qabuli bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar.

qabul-2023

1.Toshkent tibbiyot akademiyasiga 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriatura va magistratura mutaxassisliklariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari bilan qayerda tanishsam bo‘ladi ?

 Javob:

Bu yerda:

 

2.Magistraturaga hujjatlarimni qaysi sayt orqali topshirsam bo‘ladi ?

Javob:

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy  http://magistr.edu.uz platformasi orqali 1-iyuldan 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

 

3.Magistraturaga kimlar imtihonsiz qabul qilinadi ?

Javob:

Quyidagi toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o‘qishga kiradi:

  • Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;
  • Zulfiya nomidagi Davlat mukofatlari sohibalari;
  • “Mard o‘g‘lon” davlat mukofati sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;
  • Ta’lim vazirligi o‘tkazadigan fan olimpiadasi g‘oliblari (3 ta o‘rin)
  •  Faqat bir sharti mukofotlar beradigan imtiyozda undan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgor talaba bo‘lishi yoki oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Imtiyoz bilan o‘qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya’ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.

 

4.Tibbiyot Oliy ta’lim muassasalarida qaysi klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul 2023/2024-o‘quv yilidan faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi ?

Javob:

“Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” yo‘nalishlariga qabul davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi,

Asos: Prezident qarori (PQ-196-son, 19.06.2023-y.)

 

5.Maqsadli qabul uchun hujjatlarimni qanday topshirsam bo‘ladi ?

Javob:

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

 

6.Xorijdagi OTMlardan, yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar qaysi sayt orqali ro‘yxatdan o‘tadilar ?

Javob:

«Perevod» uchun qabul jarayonlari http://my.uzbmb.uz sayti orqali   15-iyuldan 5-avgust (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

 

Xorijdan va nodavlat oliy o‘quv yurtlaridan o‘qishni ko‘chirish yuqoridagi sayt orqali amalga oshiriladi va quyidagi hujjatlar saytga yuklanadi:

Pasport;

Transkript (reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma).

 

Arizangiz bexato to‘ldirilgan bo‘lsa, hududiy ishchi guruhlar tomonidan «qabul qilindi» statusiga o‘tadi va sizning shaxsiy kabinetingizda to‘lov kvitansiyasi shakllanadi. Shundan so‘ng click, payme yoki boshqa ilovalar orqali to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan