O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.
Ushbu hujjat sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan:
- boshqaruvni takomillashtirish;
- sohani rivojlantirishning kelgusi istiqbollarini belgilash;
- tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish orqali sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga doir maqsad va vazifalarni o‘zi ichiga olgan.