Elon!

Yoshlar akademiyasi liderlari

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug’iga asosan 2023/2024 o’quv yilidan boshlab «Yoshlar akademiyasi liderlari» faoliyati yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan. Bunda liderlar quyidagi bosqichlarda faoliyat yuritadi:

  • Yoshlar akademiyasi platforma liderlari
  • Yoshlar akademiyasi hudud liderlari
  • Yoshlar akademiyasi
  • Oliy ta’lim muassasasi liderlari
  • Yoshlar akademiyasi fakultet liderlari

«Yoshlar akademiyasi liderlari» tizimini tashkil etish to’g’risidagi NIZOM ga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasida fakultet liderligi hamda TTA liderligi uchun nomzodlarning ma’lumotlari qabul qilinishi boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Nizom bilan tanishish

Yoshlar akademiyasi ТТА lideriga har olti oyda bazaviy stipendiyaning 8 baravari miqdorida rag’batlantirish belgilangan.

Yoshlar akademiyasi fakultet liderlari ham faoliyatidan kelib chiqib tegishli tartibda rag’batlantiriladi.

Siz TTA «Yoshlar akademiyasi lideri» bo’lishga da’vogarmisiz? Unda quyidagi havola orqali ma’lumotlaringizni qoldiring:

Yoshlar akademiyasi fakultet liderligiga ro‘yxatdan o‘tish

Liderlikga 2-6 kurs bakalavriyat va 1-3 kurs magistratura talabalari da’vogarlik qilishi mumkin. Da’vogarlik qilish istagida bo’lgan talabalar ilmiy-innovatsion salohiyatli, ilm-fanga doir yutuqlari mavjud, xorijiy tillarni egallagan, elektron platformalardan foydalanish ko’nikmasiga hamda jamoani boshqarish qobiliyatiga ham ega bo’lishi lozim.

TTA va fakultet Yoshlar akademiyasi liderlari faoliyat yuritishi uchun maxsus xona va kompyuterlar jamlanmasi bilan ta’minlanadi.

Yoshlar akademiyasi TTA lideri hamda fakultet lideriligiga nomzodlar 24 sentabr soat 24.00 ga qadar ro`yxatdan o`tishi mumkin.

Murojaat uchun:

Telegram: @TTA_Iqtidorli

Tel: +998912469551

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan