FRANSIYA Toshkent tibbiyot akademiyasida хalqaro hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda

FRANSIYA Toshkent tibbiyot akademiyasida хalqaro hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda

Forumda B2B uchrashuvlari bo’lib o’tdi, jumladan, Parij Saint-Joseph Hospital & Marie Lannelongue Hospital Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Dina Garito bilan muzokaralar o’tkazildi. Klinika bilan TTA mutaxassislarining bir oylik stajirovkasi masalalari, amaliyot uchun mutaxassisliklar yo’nalishlari muhokama qilindi.

KIRO kompaniyasining Marketing bo’limi boshlig’i S.Matilda bilan muzokaralar olib borildi. Sun’iy intellekt, tibbiy biologiya va laboratoriya sohasida TTA mutaxassislarini ushbu dastur bo’yicha o’qitish, dasturni sotib olish masalalari muhokama qilindi. Dastur kelajakda Biotibbiyot muhandisligi fakultetida o’qitishda qo’llaniladi.

Trustii.io. kompaniya asoschisi Naama Bak bilan hamkorlikka kelishildi. Kompaniya sog’liqni saqlash sohasida sun’iy intellektga ixtisoslashgan. Shartnoma imzolash va dasturda biotibbiyot mutaxassislarini o’qitish va ushbu platformadan TTAda tibbiy ta’lim tizimida foydalanish masalalari muhokama qilindi.

FRANSIYA Toshkent tibbiyot akademiyasida хalqaro hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda FRANSIYA Toshkent tibbiyot akademiyasida хalqaro hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan