Sog’liqni saqlash vaziri to’liq vazirlik tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarga start berilish taklifni ma’qullandi

Inoyatov Amrillo Shodiyevich

Yoshlar bilan ochiq muloqotda Sog’liqni saqlash vaziri A.Inoyatov Toshkent tibbiyot akademiyasining
-kurs talabasi M.Qiyomova (Biotibbiyot muhandisligi fakulteti) o’z taklifini bildirdi.

«Respublikamizda biz yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar juda ko’p. Buning yorqin misoli, Toshkent tibbiyot akademiyamizda hurmatli rektorimiz A.Shadmanov tomonidan ta’sis etilgan vazirlar, akademiklar, o’z sohasining ilg’or professorlari nomidagi
dan ziyod maxsus stipendiya va nominatsiyalardir, qolaversa Siz «Sog’liqni saqlash vaziri stipendiyasi»ni joriy etganligiz ham biz yoshlarni yanada quvontirdi.»

Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida o’tkazilgan «Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uchun» ochiq muloqotida ishtirok etganimda, o’z bo’lajak kasbimga bo’lgan ishtiyoqim, uning ma’suliyati juda oshgan.

Hali – hamon eslayman, Prezidentimiz shunday degan edilar: «Tibbiyot texnikasi olib kelyapmiz, lekin servis yo’q, Respublika bo’yicha servis yo’q».

Hurmatli Vazir!
Siz rahbarlik qilayotgan tizimda, Sizning jamoangizdagi kuchli mutaxassislar ishtirokida, to’liq vazirlik tomonidan moliyalashtirilgan va Siz boshchiligingizdagi, o’z nazoratingiz ostida tibbiyot muhandisligi, tibbiyot menejmenti va sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarga bugungi dolzarb zaminda, start qo’yishimiz kerak deb bilaman, agar ushbu moliyalashtirilgan loyihalar dasturini ma’qullasangiz, ilk loyihani qisqa muddat ichida taqdim etishga va’da beraman.

«Bu yo’nalish biz uchun juda muhim yo’nalish! Albatta! Qo’llab-quvvatlayman! Shaxsan o’z nazoratimga olaman!»
A.Inoyatov

Qolaversa, “Quvnoqlar va zukkolar-2023” Oliy ligasi g‘olibi –
1-o‘rinda Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin” jamoasi alohida e’tirof etildi.

G‘oliblar 1-o‘rin uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 150 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi va QVZ ko‘chma-kubogi topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan