Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-kurs talabasi M.Qiyomova taklifi

Inoyatov Amrillo Shodiyevich

«Respublikamizda biz yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar juda ko’p. Buning yorqin misoli, Toshkent tibbiyot akademiyamizda hurmatli rektorimiz A.Shadmanov tomonidan ta’sis etilgan vazirlar, akademiklar, o’z sohasining ilg’or professorlari nomidagi 500 dan ziyod maxsus stipendiya va nominatsiyalardir, qolaversa Siz «Sog’liqni saqlash vaziri stipendiyasi»ni joriy etganligiz ham biz yoshlarni yanada quvontirdi.»

Hurmatli Vazir!

Siz rahbarlik qilayotgan tizimda, Sizning jamoangizdagi kuchli mutaxassislar ishtirokida, to’liq vazirlik tomonidan moliyalashtirilgan va Siz boshchiligingizdagi, o’z nazoratingiz ostida tibbiyot muhandisligi, tibbiyot menejmenti va sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarga bugungi dolzarb zaminda, start qo’yishimiz kerak deb bilaman, agar ushbu moliyalashtirilgan loyihalar dasturini ma’qullasangiz, ilk loyihani qisqa muddat ichida taqdim etishga va’da beraman.

Sog’liqni saqlash vaziri to’liq vazirlik tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarga start berilish taklifni ma’qullandi:

«Bu yo’nalish biz uchun juda muhim yo’nalish! Albatta! Qo’llab-quvvatlayman! Shaxsan o’z nazoratimga olaman!» A.Inoyatov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan