Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etib kelayotgan qizlarimiz orasida bu nufuzli davlat mukofotiga Toshkent tibbiyot akademiyasidan ikki nafar talabasining borligi bir faxrimizga ming faxr qo‘shdi.

Katta ilmiy-pedogogik jamoa va ko‘p ming sonli talabalar nomidan talaba qizlarimiz Ahmadjonova Muhayyoxon Akramjon qizi (Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi: Namangan viloyati) hamda Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi(Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi Qashqadaryo viloyati)ni ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan