Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Xotin-qizlar kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Xotin-qizlar kubogi

yni damda yurtimizda imkoniyati cheklangan  ayollar o‘rtasida Paralimpiya harakatini yanada ommalashtirish  maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Xotin-qizlar kubogi” musobaqasi tashkil etildi.Tadbirni qo‘mita raisi Ozoda Parpiboyeva ochib berdi. Tadbir jarayonida Toshkent tibbiyot akademiyasi iqtidorlik  talaba-qizlari faol tarzda ishtirok etdilar.

An’anaviy tarzda tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafarga yaqin kar va zaif eshituvchi, tayanch harakat a’zolari shikastlangan va aravachada harakatlanuvchi hamda zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz xotin-qizlar sportning para shaxmat,  para stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Xotin-qizlar kubogi Xotin-qizlar kubogi

Xotin-qizlar kubogi Xotin-qizlar kubogi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan