O’zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat tibbiyot universitetidagi boshlang’ich tashkiloti koordinatorligiga tanlov e’lon qilinadi

O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat tibbiyot universitetidagi boshlang'ich tashkiloti koordinatorligiga tanlov e'lon qilinadi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qarorga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi hamda Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari doimiy tarzda har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirib boriladi.

Shu munosabat bilan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat tibbiyot universitetidagi boshlang’ich tashkiloti fakultet va yo’nalishlar koordinatorligiga tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich– elektron tarzda ariza topshirish;

2-bosqich – suhbatdan o’tkazish.
Joriy yilning 15-sentabr kuniga qadar yoshlar yetakchisi hamda fakultet va yo’nalishlar koordinatorligiga arizani quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin: Ariza topshirish
Yuqoridagi havola orqali arizani to’g’ri va to’liq topshirgan nomzodlar suhbatdan o’tkaziladi. Tanlov quyidagi lavozimlar bo’yicha amalga oshiriladi:
  • Fakultet koordinatori* – 11 nafar:
  • 1-davolash fakulteti;
  • 2-davolash fakulteti;
  • 3-davolash fakulteti;
  • Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va atrof muhit fakulteti;
  • Tibbiy pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakulteti;
  • Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy hamshiralik ishi fakulteti;
  • 1-pediatriya fakulteti;
  • 2-pediatriya fakulteti;
  • Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti;
  • 1-stomatologiya fakulteti;
  • 2-stomatologiya fakulteti.
* – bunda, fakultet koordinatorlari sifatida faqat ushbu fakultetda tahsil olayotgan talabalar faoliyat yuritishlari mumkin.
  • Yo‘nalish koordinatori – 7 nafar:
  • Yoshlar daftari va metsenatlik loyihalari yo‘nalishi;
  • Besh tashabbus loyihalari yo‘nalishi;
  • Intellektual loyihalar yo‘nalishi;
  • Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar yo‘nalishi;
  • Talaba-qizlar yo‘nalishi;
  • Harbiy vatanparvarlik loyihalari yo‘nalishi;
  • Media yo‘nalishi.

Yetakchilik, qat’iyatlilik va ijodkorlik kabi qobiliyatlar bilan ajralib turasizmi? Faol talabalik hayotini kechirishni xohlaysizmi? Talabalar hamjamiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchimisiz? Unda ushbu tanlov Siz uchun.

Eslatma: nomzodlar o‘z arizasida tanlagan yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Nizomi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishlari tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat tibbiyot universitetidagi boshlang‘ich tashkilotiga murojaat qiling.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan