Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekomed klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekomed klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekomed klubining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda klub faoliyatiga doir qator dolzarb masalalar, jumladan a’zolikka qabul jarayonlari yakunlari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida klubning istiqboldagi faoliyati, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish, shuningdek, yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish masalalari belgilab olindi. Shu bilan birga, koordinatorlarning vazifalari va mas’uliyatlari aniqlandi.

Tadbirda O‘zbekiston ekologik partiyasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Ergash Mohinurxon
so‘zga chiqib, Ekomed klubiga a’zolikka qabul jarayonlarini ijobiy baholab, ushbu tashabbus yoshlarda nafaqat ekologik madaniyatni, balki
fuqarolik mas’uliyati va siyosiy ongni
ham mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, u universitet rahbariyatining klub faoliyatini muntazam qo‘llab-quvvatlab kelayotganini alohida e’tirof etdi.

Yig‘ilish yakunida talaba-yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi faolligini kuchaytirish, ekologik aksiyalar, ma’rifiy seminarlar, ko‘ngillilar harakati, siyosiy-ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirish orqali Ekomed klubining faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekomed klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekomed klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekomed klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ekomed klubi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan