Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov rahbarligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Termiz shahriga jo’nab ketdi.
Tashrif davomida universitetning Termiz filiali faoliyati o’rganilib, uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi, ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi belgilangan.