e'lon

E’LON!

Toshkent tibbiyot akademiyasining dilbar, iqtidorli-iste’dodli va zukko talaba-qizlari! Sizlarni, Xotin-qizlar kengashi tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy «BALLI QIZLAR» ko‘rik tanloviga taklif etamiz! Jamiyatimizda qizlarning har sohada o‘z o‘rnini mustahkamlash va ularga imkoniyat berish bizning asosiy maqsadimizdir. Ushbu ko‘rik tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi. Read more

Швеция-Ўзбекистон тиббиёт соҳасидаги ҳамкорлик алоқаларига оид

???? 2024 йил 25 апрель куни Швецияда бўлиб турган Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш делегациясининг ушбу мамлакат Соғлиқни сақлаш вазири билан учрашуви бўлиб ўтди. Учрашувда ўзаро ҳамкорлик алоқаларини ривожлантириш, бирламчи тизимда оилавий шифокорлик пунктларига тиббий кадрлар тайёрлаш сифатини ошириш, тиббий таълимни рақамлаштириш, Read more

Shvetsiya-O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.

Shvetsiya-O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.

Tashrifning uchinchi kuni, Stokgolm shahridagi mashhur «Getinge» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrash bo‘lib o‘tdi. «Getinge» kompaniyasi “COVID-19” paytida butun dunyoga sipan va nafas olish apparatlari va narkoz apparatlarini yetkazib berishda yetakchilik qilgani barchaga ma’lum. Bugungi kunda ham mazkur yirik kompaniya innovatsion Read more

Milliy qadriyatlar sayli

Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida Sheyping» musobaqalarini tashkil etdi

 Barcha fakultetlardan iqtidorli talaba-qizlar va hodimlar ishtirok etgan musiqali chiqishlar timsolida Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish g‘oyasi aks etgi. Buning uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor Read more

TTA Termiz filialida Ilmiy - amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

TTA Termiz filialida Ilmiy – amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

Kuni kecha Termiz shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Akusherlikning dolzarb muammolari va ularni yechish yo’llari” Ilmiy – amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiya Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya (kafedra mudiri prof. D.K.Najmutdinova), Akusherlik va ginekologiya (kafedra mudiri Read more

Shvetsiya-O‘zbekiston

Shvetsiya-O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlamoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Shvetsiya mamlakati bo‘lib turibdi. Tashrif davomida dunyoga mashhur “ELЕKTA” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Elekta” kompaniyasi dunyoga mashhur “GAMMA pichoqlari”ni ishlab chiqarib bu tibbiyotdagi xirurgik amaliyotida organizmning chuqur qismida joylashgan Read more

Shvetsiya

Shvetsiya bilan tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinborasi Davron Taxirovich Sultanov boshchiligidagi vazirlik mas’ullari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari prorektori Shuhrat Boymuradovdan iborat delegatsiya 2024 yil 22-27 aprel kunlari Shvetsiyaning Stokgolm va Gyoteborg shaharlarida sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kuni Stokgolm shahridagi Karolinska Institutet universiteti rektori Annika Ostman Wernerson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, talabalar mobilligi, ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy nashrlar chop etish, (PhD) va magistrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Ma’lumot uchun, Karolinska Institutet universitetida Alfred Nobel faoliyat yuritgan. Butun dunyoga mashhur Nobel mukofotining fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha komissiyaning 50 dan ortiq a’zolari ushbu universitet professorilari hisoblanib, butun dunyodagi ilmiy ishlarga baho berishda ishtirok etadi. Shuningdek, delegatsiya vakillarining Shvetsiyaning bir qancha yetakchi universitet, klinika va kompaniyalari bilan uchrashuvlari belgilangan, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun bizni kuzatib boring.

TA Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

TTA Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini muntazam ravishda olib bormoqda

“Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega” – Shavkat Mirziyoyev.     Toshkent tibbiyot akademiyasi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini muntazam ravishda olib bormoqda. Yosh avlodni munosib tarbiyalash va Read more